Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vinisius «Real»ni tark etadimi?

Vinisius «Real»ni tark etadimi?

Foto: «trend.az»

Ispaniyada «Real Madrid» hujumchisi Vinisiusga nisbatan irqchilikka asoslangan haqoratlar yuzasidan tergov boshladi.

La Liganing 35-tur doirasida «Valensiya» bilan kechgan uchrashuvda «Real» hujumchisi Vinisius Junior irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchragani yuzasidan tekshiruv boshladi, deya xabar bermoqda turnir rasmiy sayti.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida braziliyalik hujumchiga nisbatan haqoratlar tufayli o‘yinda to‘xtatilish yuz berdi. «Valensiya» muxlislari «Real» futbolchisini maymun deb atashdi. Ushrashuv oxirlarida esa Vinisius raqib futbolchisini urib yuborgani uchun maydondan chetlatildi.

«La Liga nima bo‘lganini tekshirish uchun barcha mavjud materiallarni so‘radi. Agar irqchilikka oid qoidabuzarlik aniqlansa, liga tegishli choralarni ko‘radi», deyiladi bayonotida.

Braziliyaning ESPN portalining xabar berishicha, Vinisius Juniorning yaqinlari irqchilikning haddan tashqari ko‘pligi tufayli hujumchidan Ispaniyani tark etishni talab qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring