Armaniston-Ozarbayjon o‘rtasidagi janglar shiddatli kechmoqda: 12 harbiy asirga olingani aytilmoqda

Armaniston Mudofaa vazirligi sharqiy chegaradagi janglarda ularning 12 nafar askarini Ozarbayjon harbiylari asirga olganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ushbu to‘qnashuvlar davomida Ozarbayjon yo‘qotishlarga uchradi va o‘nga yaqin harbiy texnikasini yo‘qotdi.
Armaniston mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Ozarbayjon provokatsiyasi va Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi qurolli to‘qnashuv natijasida 12 nafar arman askari asirga olingan, ulardan 7 nafari shartnomaviy askar va 5 nafari muddatli harbiy xizmatchi.
Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, Armaniston sharqida vaziyat nihoyatda keskinligicha qolmoqda, janglar shiddati pasaymagan. Halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar hozircha o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter