Uzoqdagi qardoshlar. Moldovalik olimdan rus tilida emas, gagauzcha ma’ruza qilish so‘raldi
Termiz shahridagi baxshichilik festivali doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. Ushbu konferensiya doirasida Moldovadan tashrif buyurgan gagauz millati vakili Zanet Fedr rus tilida ma’ruza o‘qishni rejalashtirgan edi. Ammo xalqaro konferensiya ishtirokilari janob Zanet Fedrdan gagauz tilida ma’ruza qilishni so‘rashdi. Ta’kidlash joiz, ma’ruza chog‘ida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tarjimaga hojat qolmadi.
— Biz gagauz xalqining qadriyatlarini saqlab qolish maqsadida Moldova va Ukrainada yashab kelayotgan millatimiz vakillari orasiga kirib bordik va ko‘p muloqot qildik. Qadimiy doston va rivoyatlarimizni so‘rab oldik, yozdik. Mana shu ishlar natijasida bir qator dostonlarni kitob shakliga keltirdik va nashrdan chiqardik, — deydi olim.
Zanet Fedr ma’ruza chog‘ida bir qator dostonlar, xususan «Tohir va Zuhra» ertagining o‘zbek, turk va gagauz tillaridagi ko‘rinishi va farqli jihatlari haqida so‘z yuritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter