Dunyo madaniyati bir sahnada – Gulistondagi festival haqida
Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida uchinchi Baxshichilik festivali davom etmoqda. Kecha Madaniyat va turizm vazirligi tashkilotchiligida o‘tkazilayotgan tadbirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shaxsan o‘zimga ushbu marosimda baxshilarning chiqishi jonli berib borilgani juda yoqdi. Avval o‘tkazilgan tadbirlarning ahamiyatini kamaytirmagan holda aytish kerak, Gulistonda o‘tkazilayotgan festival ko‘plab "syurprizlar"ga boy bo‘lmoqda. Ayniqsa baxshilarning aytuviga hamohang mahoratli akterlarning sahna chiqishlari tomoshaboplikni oshirdi. Agar mana shu chiqishlardan birini alohida ko‘rsatish lozim bo‘lsa, Alpomish dostonidan olingan "Mergan" sahnasini tomosha qilishni hammaga tavsiya qilgan bo‘lardim.
Endi bugungi chiqishlarga kelsak – festivalning eng asosiy joyi, aytar bo‘lsak "qaymog‘i" shu soatlarda o‘tkazilmoqda – turli davlatlardan kelgan mehmonlarning chiqishlarini tinglayapmiz. Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tomoni shundaki, turli o‘lkalar madaniyati bilan bir vaqt va bir makonda tanishish mumkin. Sibir xalqlarining mistikasi, Kavkazning shijoatiyu Janubi-Sharqiy Osiyoning maftunkorligi Gulistondagi sahnada namoyish etilmoqda.
Xabar.uz axborot-tahliliy portali uchinchi Baxshichilik festivali doirasidagi yangiliklarni yoritib borishda davom etadi.
Zafar QOSIMOV
Guliston shahridan tayyorlandi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter