Uzoq kutilgan bodi-kamera. Toshkent ko‘chalarida kamerali YPX xodimlari paydo bo‘ldi
Aslida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari 1 iyuldan faqat bodikameralar bilan ishlashi lozim edi. Unga ko‘ra, 1 iyuldan YPX xodimida videokamera bo‘lishi shartligi, mobil videokamerasi bo‘lmagan YPX xodimiga haydovchi hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egaligi aytilgandi. Ammo keyinchalik ushbu qaror ijrosi qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyulda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 556-son qarori bilan ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar hamda planshetlar bilan ta’minlash 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 22 iyulidan Toshkent shahrida bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida ishlatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
Albatta, YPX inspektorlari haydovchi bilan muloqotga kirishganda, ularning suhbatlari bodi-kameraga yozilayotgani haqida ogohlantiradilar. Sinov-tajriba natijalari nufuzli komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqaruvchi tashkilotga tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.
Yana shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda bodi-kameralar bilan birga YPX inspektorlari uchun maxsus ishlab chiqilgan jiletlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter