Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir sohada «bodikamera» tizimi joriy etildi

Yana bir sohada «bodikamera» tizimi joriy etildi

«O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasida «bodi kamera»lar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

«Xabar.uz»ga taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni oldini olish va faoliyat shaffofligini ta’minlash maqsadida shunday yo‘l tutilmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatimizda «yagona darcha» bojxona axborot tizimi hisoblangan singlewindow.uz sayti ishga tushirilgan bo‘lib, muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish uchun ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar UzTest davlat muassasasi orqali mahsulotlarini sertifikatlashtirishda faqatgina ushbu saytda ariza yo‘llashi, hujjat topshirishi va sertifikatini qabul qilib olishi mumkin.

Markazning sertifikalashtirish organlari xodimlari ariza yo‘llagan murojaatchi mahsulotlarini sinov laboratoriyalariga taqdim etish uchun joylarga chiqqan holda mahsulot partiyasidan belgilangan me’yor va talablarga asosan namuna tanlab oladi hamda zamonaviy sinov laboratoriyalar majmuasiga topshiradi. Ushbu jarayonning ochiq va oshkoraligini ta’minlashga qaratilgan yangi kuzatuv vositalari bilan korrupsiyaning oldini olish, mamlakatimiz bozorlariga sifatsiz mahalliy va import mahsulotlar kirib kelishining keskin darajada qisqartirilishiga erishiladi.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sinovdan o‘tkazish va boshqa sohada ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari muassasaning rasmiy saytida (uztest.uz) joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring