Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda YPX xodimida nega bodikamera yo‘q edi? IIV YHXBB izoh berdi

Gulistonda YPX xodimida nega bodikamera yo‘q edi? IIV YHXBB izoh berdi

Joriy yilning 19-fevral kuni ijtimoiy tarmoqda «Gulistonda bodikamerasi yo‘q YPX xodimi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan IIV YHXBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 18 fevral kuni soat 21:00larda, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bahor MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasida, haydovchi A.A. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli hamda haydovchi D.A. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, «Neksiya» rusumli avtomobil yo‘lovchisi U.X.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Guliston shahar IIO FMB YHXB S va QB xodimi N.Mamatqulov o‘z xizmat vazifasini yakunlab, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamera moslamasini navbatchiga topshirib, yashash xonadoniga ketayotgan vaqtda ushbu holatga duch kelgan.

Noma’lum fuqaro xodimni video tasvirga olib, savollar bera boshlagan. Xodim bodikamerasini topshirib yashash xonadoniga ketayotganligini, holatga befarq o‘tmasdan to‘xtaganligini aytishiga qaramasdan e’tiroz bildirib, tasvirga olishni davom ettirgan va video lavhani ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring