Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzcard» raqobatchisi — «Humo» to‘lov tizimi ishga tushishiga oz vaqt qoldi

«Uzcard» raqobatchisi — «Humo» to‘lov tizimi ishga tushishiga oz vaqt qoldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi — «Humo» 2019-yilning yanvar-fevral oylarida ishga tushadi. Bu haqda 30 noyabr kuni Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov O‘zbekiston bank sektoriga bag‘ishlangan «Taraqqiyot tamoyillari» teleko‘rsatuvida ma’lum qilgan.

«Biz yangi terminallar va bankomatlar sotib olishni tijorat banklariga yuklamaslikka qaror qildik. Terminallarni sotib olish va «Humo» plastik kartalarni chiqarish bilan Markaziy bankning o‘zi shug‘ullanadi. Ushbu terminallar VISA va Master Card kabi xalqaro kartalarni ham qabul qiladigan bo‘ladi. «Humo» plastik kartalari esa hozirda mavjud «Uzcard» to‘lov terminallarida ham ishlaydi. Bu borada hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak», — deydi Timur Ishmetov.

Qayd etilishicha, 29-noyabr kuni humocard.uz domeni ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Humo» to‘lov tizimining rasmiy sayti shu domenda bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy yilning 15-sentyabrida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan «Uzcard» to‘lov tizimi qariyb 3 kunga ishdan chiqqan edi. Buning natijasida aholi plastik kartalaridagi o‘z pullarini ishlatish imkoniyatini vaqtincha yo‘qotgandi. 19 sentyabrda esa Prezidentning O‘zbekistonda yangi milliy to‘lov tizimini yaratish haqidagi qarori qabul qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring