AliExpress Uzcard/Humo kartalari bilan to‘lov qilishni joriy etdi
Endi barcha foydalanuvchilar Uzcard va Humo kartalari bilan to‘lov qilish funksiyalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar, yetkazib berishning o‘rtacha vaqti esa 14 kungacha qisqardi.
Dekabrda AliExpress Uzcard va Humo to‘lov tizimlarini ulash jarayonini yakunladi va endi O‘zbekistonning butun aholisi buyurtmalar uchun ushbu kartalar orqali to‘lov qilishlari mumkin.
Xaridlar uchun pul yechib olish milliy valyuta — so‘mda amalga oshiriladi.
Shuningdek, AliExpress to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tufayli Xitoydan O‘zbekistonga buyurtmalar yetkazib berilishi muddatini qisqartirdi. Xaridning yetib kelishi o‘rtacha muddati 14 kungacha qisqardi.
AliExpress — Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlaridan keng ehtiyoj tovarlari sotuvi bo‘yicha MDHdagi eng yirik onlayn-platforma. Marketpleys assortimenti Xitoy va boshqa mamlakatlardan yetkazib beriladigan qariyb 200 mln SPU (rang va o‘lchamlar inobatga olinmagan noyob tovar birligi)ni tashkil qiladi.
AliExpressdagi sotuvchilar umumiy soni taqriban 300 ming nafarni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter