Uzcard va Humo yil yakuniga qadar integratsiya qilinadi
Uzcard va Humo to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasi bosqichma-bosqich, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023-yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlari yakunlanadi.
Bu borada Prezidentning aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarori imzolandi.
Shuningdek, Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali hisob-kitoblarni 24/7 rejimida onlayn tartibda amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi Markaziy bankning «Tezkor to‘lovlar» tizimiga integratsiya qilinadi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-mayga qadar muddatga Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter