Markaziy bank HUMO to‘lov tizimi bo‘yicha bayonot berdi
So‘nggi kunlarda HUMO kartalarining ayrim foydalanuvchilari to‘lovlarni amalga oshirishda, shuningdek, mobil (to‘lov) ilovalaridagi p2p o‘tkazmalarida qiyinchiliklarga duch kelayotgani kuzatildi.
Markaziy bank mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.
Kompaniya Markaziy bankni vaziyatdan xabardor qilib, hodisa sabablarini aniqlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Markaziy bank vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur choralarni ko‘rish, xususan, karta egalarining o‘z kartalaridagi mablag‘laridan uzluksiz foydalanishini ta’minlash maqsadida HUMO terminallari va bankomatlar ishlashiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter