Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aloqasiz to‘lov tizimiga start berildi

O‘zbekistonda aloqasiz to‘lov tizimiga start berildi

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Joriy yilning 1-may kuni Toshkent shahrida HUMO yangi to‘lov tizimi kartalari chiqarila boshladi. 2019 yilning yakuniga qadar Banklararo milliy protsessing markazi butun respublikani qoplashni rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1-mayidan boshlab Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) aholi uchun HUMO to‘lov tizimining kartalarini chiqara boshladi. Poytaxt aholisi HUMO kartalari orqali aloqasiz to‘lovlarni birinchilardan bo‘lib amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur to‘lov tizimini sinash maqsadida dastlabki kartalar joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa 20ta bank xodimlari uchun chiqarilgandi. Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrida NFC-modullari bilan jihozlangan 47 mingtadan ko‘p HUMO terminallari o‘rnatildi.

Joriy yil yakuniga qadar respublikaning boshqa hududlarini qamrab olish va terminallar sonini 250 mingtagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan. Endi Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlari aholisi kartani faqatgina terminalga tekkizgan holda aloqasiz va pinsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda 50 ming so‘mgacha bo‘lgan xaridlarni amalga oshirishda PIN-kodni kiritish talab etilmaydi, biroq xavfsizlik maqsadida PIN-kodi kiritilmagan holda amalga oshirilgan iikkita tranzaksiyadan keyingi to‘lovlar uchun PIN-kodni kiritish talab etiladi.

«Aloqasiz to‘lovlar mohiyati, avvalambor, uning qulaydigidadir. Bizning barcha terminallarimiz va kartalarimiz NFC-modullari bilan jihozlangan. Ya’ni, iste’molchi kartani faqatgina terminalga tekkizgan holda xaridlarni amalga oshirishi mumkin. Biz xaridorlar o‘z kartalarini kassirlarga uzatib, PIN-kodini ma’lum qilishlariga qarshimiz. Axir bank kartasining birgina raqamini ma’lum qilish shaxsiy ma’lumotdan foydalanish ehtimoli demakdir. Shu munosabat bilan bizning barcha turg‘un terminallarimiz surilma klaviaturalar bilan jihozlangan bo‘lib, karta egasi uning yordamida PIN-kodni o‘zi kiritishi mumkin bo‘ladi», — deydi BMPM direktori Shuhrat Qurbonov.

Shuningdek, BMPM direktori xabar berishicha, joriy yilning sentyabr oyiga qadar 5 mln. dona  karta chiqarilishi, joriy yil yakuniga qadar esa HUMO tizimi butun mamlakat uchun ommabop qilinishi rejalashtirilgan. Ish haqini o‘tkazish uchun kartalar ochish bepul amalga oshiriladi, boshqa kartalar qiymati esa har bir bankning tegishli tariflariga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa kartalar jumlasiga kredit, overdraft, kobrending kartalari va boshqalar kiradi.

HUMO kartalarini ochish uchun tizimning Toshkent shahridagi istalgan ishtirokchi-banki filialiga murojaat qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring