«Uzbekistan Airways»ning 3 ta ofisi bomba tahdidiga uchradi
Kecha, 5 iyun kuni noma’lum shaxslar Rossiyaning Peterburg shahrida joylashgan Uzbekistan Airways kompaniyasining 3 ta ofisiga bomba qo‘yilgani haqida xabar bergan.
Rus nashrlarining xabariga ko‘ra, bomba haqidagi xabar Pulkovo pochta bo‘limiga yuborilgan. Noma’lum shaxslar hech qanday talab qo‘ymagani aytilgan.
Politsiya uchala ofis va uning atrofini ko‘zdan kechirib chiqishgan va xavfli buyumlar topisholmagan.
Ayni paytda jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter