Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbek Tigers» Kolumbiyada mag‘lub bo‘ldi

«Uzbek Tigers» Kolumbiyada mag‘lub bo‘ldi

Foto: «OffsideUz»

Butunjahon boks seriyasining guruh bosqichi to‘rtinchi turida Kolumbiyada «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari bahs olib bordi.

Dastlab, -91 kilogrammgacha vazn toifasida Sanjar Tursunov va Xulio Deyvis ringga ko‘tarilishdi. Ushbu bahsda Sanjar kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Ikkinchi jangda Isroil Madrimov ham o‘z raqibini yenga olmadi. Jorj Vivas o‘z ustunligini namoyish etdi va umumiy hisob «Colombia Heroicos» foydasiga 2-0 ko‘rinishini oldi.

Ushbu jamoalarning uchinchi jangida vazni 64 kilogramm bo‘lgan Iqboljon Xoldorov hamda Jon Guterrez o‘zaro bahs olib borishdi. 4-raundida Iqboljon raqibiga  kuchli zarba yo‘lladi va uchrashuv hakami hisobni ochdi. Bu bahsda, nihoyat, bokschimiz qo‘li baland keldi.

Navbatda ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirov 56 kilogramm vazn toifasida Jon Martinezga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va g‘alaba qozonib, umumiy hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Shu tarzda, so‘nggi jang hal qiluvchi bahsga aylandi. Unda 49 kilogrammvazn toifasida Mironshoh Ibragimov hamda Yuberjen Martinez uchrashuv taqdirini hal qilib berishdi. Afsuski, bunda g‘alaba biz tomonda bo‘lmadi.

«Uzbek Tigers» Kolumbiyada 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Endi bokschilarimiz musobaqaning 5-6-turlarini Venesuyelaning «Caciques Venesuela» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu janglar 6-7 aprel kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring