S1 guruhi: «Uzbek Tigers» Venesuela jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Termiz shahridagi «Alpomish» sport saroyida Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» Venesuelaning «Venesuela Caciques» jamoasiga qarshi bahs olib bormoqda.
Bugun, 7-aprel kuni soat 19:00da ushbu qarama-qarshilikning S1 guruhidagi janglariga start berildi va unda quyidagi natijalar qayd etildi:
49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes – (venesuelalik bokschi jarohat oldi va jang to‘xtatildi, o‘zbek bokschisiga g‘alaba yozildi)
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol - 3:0 (49:46, 49:46, 49:47)
64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio - 3:0 (50:45, 49:46, 50:45)
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales - 3:0 (50:45, 50:43, 50:41)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias – 3:0 (50:42, 50:44, 50:43)
Natijadan ko‘rib turganingizdek, barcha bokschilarimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonishdi.
Bu kecha, shuningdek, S2 guruhi janglari ham bo‘lib o‘tadi. Soat 22:00da boshlanadigan bahslarda quyidagi bokschilar ringga ko‘tarilishadi:
52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter