Ertaga «Uzbek Tigers» jang o‘tkazadi. «Sport» uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatadimi?
Ertaga, 7-aprel kuni Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» Venesuelaning «Venesuela Caciques» jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi. Bugun janglar oldidan matbuot anjumani va jamoalarning vazn o‘lchash marosimi o‘tkazilgan.
Termiz shahri mezbonlik qiladigan bahslarda bir kunda o‘nta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tarilishadi:
S1 guruhi. Janglar soat 19:00da boshlanadi.
49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol
64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales
91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias
S2 guruhi. Janglar soat 22:00da boshlanadi.
52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Hozirda boks muxlislarini bir savol qiziqtirmoqda: bu janglar «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladimi?
Olamsport.com nashri xabariga ko‘ra, janglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatilmaydi. Chunki, rejaga binoan ertaga o‘sha vaqtda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ikki uchrashuvi ("Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912", "Navbahor" - "Nasaf") translyasiyasi amalga oshiriladi. Boks janglari esa kechki dasturlarda yozib olingan holda efirga uzatilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter