Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors va Uzbekistan Airways aksiyalari sotuvga qo‘yiladi

UzAuto Motors va Uzbekistan Airways aksiyalari sotuvga qo‘yiladi

2022 yil 1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, UzAuto Motors AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismi mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtiriladi (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushi hamda UzAuto Motors Powertrain AJ, Samarqand Avtomobil zavodi MChJ strategik investorlarga sotiladi.

Bu haqda «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi prezident farmonida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar «O‘zbekneftgaz» AJning, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlanadi.

Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida «O‘zbekgidroenergo» AJ isloh qiliinadi. Bunda yangi kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 sentyabrga qadar Uzbekistan airways AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushi savdoga chiqariladi, shu jumladan, aksiyalari ommaviy joylashtiriladi (IPO).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring