Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» mashinalari arzonlashtirilishi mumkin. Antimonopol qo‘mita narxlar asossiz oshirilgan deb topdi

«UzAuto Motors» mashinalari arzonlashtirilishi mumkin. Antimonopol qo‘mita narxlar asossiz oshirilgan deb topdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan «UzAuto Motors» AJda «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning davomi bugun ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev xabar berdi.

«Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarlarini assossiz oshirilganini tasdiqladi. Unga ko‘ra avtomobillar 3 mln. so‘mdan 19 mln. so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlandi.

Shunga ko‘ra komissiya «UzAuto Motors» AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, mart oyidan buyon, ya’ni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirig‘i berildi.

Komissiya qarori majburiy kuchga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi ham mumkin», — deb yozdi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring