UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi
UzAuto Motors kompaniyasi Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilganligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kompaniya bozorda ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda 2024 yilning ikkinchi yarimi uchun avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirgan.
«Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bundan oldingi kontraktatsiyada xaridorlar tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi 2024 yil uchun kontraktatsiyaga avtomobillar qo‘shimcha hajmini chiqarish imkonini berdi.
Shu munosabat bilan 29 mart 10:00 da Labo avtomobillarining 18 000 dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi», deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter