Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uyda qoling, o‘zimiz boramiz»: karantin sababli bo‘shab qolgan Hindiston ko‘chalari «hayvonot bog‘i»ga aylandi (video)

«Uyda qoling, o‘zimiz boramiz»: karantin sababli bo‘shab qolgan Hindiston ko‘chalari «hayvonot bog‘i»ga aylandi (video)

Skrinshot

Hindiston koronavirusga qarshi karantin joriy etganidan keyin ko‘chalar bir muddat huvillab qolgandi, ammo ko‘p o‘tmay bu ko‘chalarning o‘z egalari paydo bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqayotgan foto va videoroliklarda yo‘q jonivorning o‘zi yo‘q: tovuslar, bug‘ular, fillar, sherlar...

Hindistonda karantin joriy etilganidan keyin jonivorlarning ko‘ksiga ancha shamol tegib qoldi, buni ijtimoiy tarmoqlarda tarqayotgan foto va videoroliklar ham tasdiqlaydi.

Hayvonlarning ko‘cha kezishi aslida Hindiston uchun yangilik emas: maymunlar, daydi itlar, sigirlar doim bo‘lgan. Biroq endi ularning qatoriga yovvoyi hayvonlar ham qo‘shildi, deb yozmoqda «National Geographic».

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring