Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Pokistonning barcha fuqarolarini hududidan chiqarib yuboradi

Hindiston Pokistonning barcha fuqarolarini hududidan chiqarib yuboradi

Hindiston Kashmirdagi teraktdan so‘ng barcha Pokiston fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuborilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Times of India nashri.

"Pokiston fuqarolariga SAARK vizasidan voz kechish sxemasi bo‘yicha Hindistonga kirishiga ruxsat berilmaydi. Pokiston fuqarolariga avvalroq berilgan barcha SPEK vizalari bekor qilingan hisoblanadi. Hozirda Hindistonda SPEK vizasiga ega bo‘lgan har qanday Pokiston fuqarosiga Hindistonni tark etishi uchun 48 soat vaqt beriladi", - deyiladi bayonotda.

Nyu-Dehlidagi Pokiston Oliy komissiyasining mudofaa, armiya, dengiz floti va havo kuchlari maslahatchilari personana non grata deb e’lon qilindi. Ular Hindistonni tark etishlari uchun bir hafta bor.

Mamlakatlar orasidagi Attari nazorat punkti yopiladi.

22-aprel kuni Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir mintaqasida terakt sodir etilgani haqida xabar berdi. Jurnalistlarga ko‘ra, qurollangan terrorchilar Pahalgam shahri yaqinidagi Baysaran vodiysida so‘qmoqqa chiqayotgan sayyohlarga o‘t ochgan. Hujumda kamida 27 nafar sayyoh o‘lgan, otishmada yigirmaga yaqin odam yaralangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring