Uyatsiz-buzuq harakat sodir etgan qizlarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi — IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning uyatsiz-buzuq harakatlari aks etgan video tarqalib ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilib, quyidagilar aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Bektemir tumanida joylashgan savdo majmuasi oldida o‘tkazilgan «Drift shou» tadbirida reklama firmalaridan biri ichimlik suvini reklamasi uchun ikki nafar qizlarni yollagan.
Ushbu qizlar, ya’ni 1993 yilda tug‘ilgan Yu.B. hamda 1985 yilda tug‘ilgan A.K.lar tadbir davomida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etib, jamoat tartibini buzishgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda A.K.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarilk to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi ham holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazib, munosabat bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter