Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy-joy narxini tushirish uchun nima qilish kerak?

Uy-joy narxini tushirish uchun nima qilish kerak?

Illyustrativ foto

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasida selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

«Xabar.uz» muxbiri ma’lum qilishicha, davlat rahbari quriladigan uy-joylar narxi bir metr kvadrati uchun 4 million so‘mdan oshmasligi lozimligini alohida ta’kidlab o‘tgan. 

«Har bir tuman, shahar va viloyat hokimi o‘z hududida qurilish tannarxini ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, sement va metal narxini qanday pasaytirsa bo‘ladi, degan savollarning javobini topishi kerak.

Hozirgi qurilish tannarxida temir beton ishlari – 32 foiz, bo‘yoq va bezatish – 28 foiz, obodonlashtirish – 8 foiz, elektromontaj ishlari – 5 foizni tashkil etadi.

Misol uchun, «betonniy uzel» qo‘yib, qurilish uchun betonni arzon va sifatli ta’minlash, bazalt izolyasiyasi, gazobeton bloklarini joylarda ishlab chiqarish orqali tannarxni kamaytirish bo‘yicha qaysi hokim bosh qotirmoqda?

Har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ikki hafta muddatda o‘z hududida quruvchilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, banklarni yig‘ib, aniq «kalkulyasiya»larni ishlab chiqishi kerak», — dedi Prezident.

Yig‘ilish davomida gazobeton ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozimligi ham davlat rahbari tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Unga ko‘ra, «O‘zstandart» agentligiga bir oy muddatda joylarga chiqib, har bir hududda gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga o‘rgatib, mahsulotlarini sertifikatlash dasturini amalga oshirish talabi qo‘yildi.

Viloyat hokimlariga bir oy muddatda uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini infratuzilmaga tutash hududlardan ajratish topshirig‘i berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring