Urushga qarshi «urush» qurbonlari
Sudanda «Millionlar namoyishi» ishtirokchilari orasida qurbonlar soni 12 kishiga yetdi, deyiladi mamlakat shifokorlar markaziy qo‘mitasi bayonotida.
«Harbiylar tomonidan hokimiyatni egallashiga qarshi chiqqan namoyishchilar orasida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi», — deyiladi bayonotda.
Shanba kuni Sudan poytaxti Xartum atrofidagi bir qator shaharlarda «30-oktyabrda millionlar namoyishi» deb nomlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Sudan Markaziy Tibbiyot qo‘mitasi shanba kuni o‘qotar qurol va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan uch nafar namoyishchi halok bo‘lgani va 110 dan ortiq kishi jarohatlanganini aytdi. Sudan politsiyasi shanba kuni o‘z bayonotida xavfsizlik kuchlari fuqarolarga qarshi qurol qo‘llagani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter