Urush va mehnat faxriylarining pensiyasi ikki barobar oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, shuningdek, voyaga yetmagan davrida fashistlar konslagerlarida asirlikda bo‘lgan va Leningrad shahrida qamal sharoitida mehnat qilgan shaxslarning eng kam pensiya miqdori shu yil 10 maydan boshlab 2,5 million so‘m etib belgilanmoqda.
Hozirgi kunda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eng kam pensiya miqdori 800 ming so‘mni, o‘rtacha hisobda esa 1 million 700 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur Farmon asosida joriy etilayotgan yangi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi urush va mehnat faxriylarining pensiyalari hajmini 2 barobar oshirish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter