Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda urush faxriysining pul mukofoti rasmga tushirilgach qaytarib olib ketilgani aytilmoqda

Buxoroda urush faxriysining pul mukofoti rasmga tushirilgach qaytarib olib ketilgani aytilmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda urush faxriysiga 9 may kuni munosabati bilan ajratilgan pullar rasmga tushirilgandan so‘ng olib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Sultonobod MFY Yuqor Hasan Xo‘ja qishlog‘ida yashovchi urush faxriysi Mardonov Jabbor boboning nabirasi yozishicha, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mardonov Jabbor boboga Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov nomidan tabriknoma va pul mablag‘i tantanali tarzda topshirilgan.

96 yoshli bobo, qolaversa farzandlaru nevara chavaralar ko‘rsatilgan e’tibordan quvonchi cheksiz bo‘lgan.

Ammo, tabriknoma va pul berilish jarayoni rasmlarga tushirilganidan keyin, faqat tabriknoma qoldirilib, bayram o‘tgach pensiya bilan birga beriladi, deb pul qaytib olib ketilgan.

Ushbu murojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Buxoro viloyati prokurori tomonidan vaziyat nazoratga olingan va otaxonning rag‘bat pullari pensiya qo‘shilib berilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 000 000 (o‘n ikki million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring