Universitet hovlisida rafiqasini pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi
Namanganda sobiq rafiqasini rashk sabab pichoqlab o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi joriy yilning 10-oktyabr kuni Namangan shahar sudi binosida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Unda sudlanuvchi U.O. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «j» va «l» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Unga nisbatan 17 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, mash’um qotillik 2023-yil may oyida sodir bo‘lgandi. Sobiq rafiqasidan yarashish taklifiga rad javobini olgan erkak avval ayolni, so‘ngra o‘zini pichoqlagan. Lekin erkak tirik qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter