Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Universalbank» jarimaga tortildi

«Universalbank» jarimaga tortildi

Foto: Xabar.uz

«Universalbank» ATBga nisbatan moliyaviy jarima jazosi qo‘llanildi. Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, «Universalbank» ATB tomonidan e’lon qilingan «Sarmoya 25» nomli omonat turi reklamasida ushbu omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 25 foizni tashkil etishi haqida axborot berilganligi kuzatildi.

Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, bank tomonidan taklif etilayotgan «Sarmoya–25» omonatning shartlariga ko‘ra, omonatning muddati 18 oy bo‘lib, yillik foiz stavkasi 22 % tashkil etishi, foizlar har oyda to‘lanishi va kapitalizatsiya qilinmasligi holati ma’lum qilingan. Bundan tashqari omonat turi yuzasidan boshqa muhim ma’lumotlar (omonat muddati, omonat kiritishning eng kam miqdori va boshqalar) berilmaganligi holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan «Reklama to‘g‘risida»gi hamda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan «Universalbank» ATBga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring