Ukrainaga qarshi janglarda 600 ga yaqin shimoliy koreyalik halok bo‘lgan

Rossiya tomonida turib jang qilgan 600 ga yaqin shimoliy koreyalik harbiylar Ukrainaga qarshi janglarda halok bo‘lgan.
Reuters agentligining Janubiy Koreya parlamenti milliy razvedka qo‘mitasi a’zosi Li Son Kvondan iqtibos keltirishicha, yil boshidan beri Rossiyaga avvalroq yuborilgan 2 mingga yaqin harbiy Shimoliy Koreyaga qaytarilgan. Janubiy Koreya razvedkasi Ukrainaga qarshi kechayotgan urush maydonlarida KXDR kontingentining umumiy sonini 15 mingtaga baholamoqda.
Seuldan olingan ma’lumot Pxenyan va Moskva KXDR askarlarining Kursk viloyati uchun janglarda ishtirok etishini rasman tasdiqlaganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning ittifoqchisi Kim Chen In o‘z askarlarining janglarda ishtirok etishini «muqaddas missiya» deb atadi va ularga yodgorlik o‘rnatishga va’da berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter