Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun aviachiptalar — bepul
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatimizga olib kelish uchun tashkil etilayotgan maxsus aviareyslar uchun chiptalar sotilayotganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston transport vazirligi axborot xizmati.
Bunday yolg‘onlarga ishonmang! Xabarga ko‘ra, Polshaning Katovitse shahridan «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to‘lov undirilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish hamda maxsus aviareyslar orqali mamlakatimizga jo‘natish ishlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev pulni ham, kuchni ham, vaqtni ham ayamasdan fuqarolarimizni tezroq olib chiqib ketish topshirig‘ini bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter