Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadagi urushda o‘lgan fuqarolar soni 5,6 mingga yaqinlashdi

Ukrainadagi urushda o‘lgan fuqarolar soni 5,6 mingga yaqinlashdi

Foto: Eurotopics

BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Ukrainada urush boshlangan 24-fevraldan buyon tinch aholi vakillaridan 5 587 nafari halok bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qurbonlarning 362 nafari — bolalar.

Oddiy fuqarolar orasida urush oqibatida jarohat olganlar 7 890 nafar, shundan 610 nafari — bolalar.

Ukrainadagi Rossiya nazorati ostidagi hududlarda BMT oddiy fuqarolardan 302 nafari halok bo‘lgani, 1 173 nafari jarohat olganini hisobladi. Ya’ni jami qurbonlarning 5,4 foizi va jarohat olganlarning 15 foizi.

Oddiy odamlar asosan artilleriya, raketa va aviazarbalar oqibatida bevaqt o‘lim topmoqda, deya ta’kidlanadi xabarda.

BMT har hisobotida qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlar soni aslida ancha ko‘p bo‘lishi mumkin: qaqshatqich zarbalar berilgan Mariupol, Izyum, Lisichansk, Severodonetsk, Popasnaya kabi hududlarda minglab oddiy fuqarolar hlok bo‘lgani taxmin qilinyapti.

Bir hafta oldin Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi vakillari soni 5,5 ming nafarga yetgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring