Ukraina yil boshidan buyon harbiy xarajatlarga qancha sarfladi?

Ukraina 2025-yilning yanvaridan apreligacha harbiy ehtiyojlar uchun 18,3 milliard dollardan (765 milliard griven) ortiq mablag‘ sarfladi. Bu haqda respublika Moliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, birgina aprel oyida 200 mlrd griven yoki 4,8 mlrd dollar sarflangan.
28 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga tashrifi chog‘ida Kiyev va Berlin Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishga sarmoya kiritish bo‘yicha kelishib olganini aytdi. O‘z navbatida, kansler Mers Germaniya Ukrainani o‘zining uzoq masofali qurollarini yaratishda qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
May oyi boshida Yevroittifoq Rossiyaning xorijdagi muzlatilgan aktivlaridan tushgan to‘rtinchi transh daromadi doirasida Ukrainaga 1 milliard yevro o‘tkazdi. Umuman olganda, makromoliyaviy yordam krediti miqdori 18,1 milliard yevroni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter