Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina vokzalidagi qurbonlar soni 50 kishiga yetdi

Ukraina vokzalidagi qurbonlar soni 50 kishiga yetdi

Ukrainaning Kramatorsk shahar temir yo‘l vokzaliga raketa zarbasi berilgani ortidan halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetdi. Ulardan 5 nafari bolalardir.

Zarba berilgan paytda vokzalda 38 kishi halok bo‘lgan. Kasalxonaga esa portlashda yaralangan 98 kishi olib borilgan. Yaralanganlardan 12 nafari kasalxonada vafot etgan. Bu haqda Donetsk viloyat harbiy ma’muriyat rahbari Pavel Kirilenko xabar berdi. Unga ko‘ra, qurbonlar soni yana ko‘payishi mumkin.

Avvalroq Kramatorsk shahar temir yo‘l vokzaliga raketa hujumi amalga oshirilgani haqida xabar qilingan edi. Bu vaqtda vokzalda evakuatsiya qilinayotgan 4 ming tinch aholi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring