«Yil o‘yinchisi»: UEFA uch da’vogar nomini e’lon qildi
UEFA yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzod o‘yinchilar nomini e’lon qildi. Faxriy short-listga «Barselona» sardori Lionel Messi, «Yuventus» yetakchisi Krishtianu Ronaldu hamda «Liverpul» mudofaa ustuni Virjil van Deyk kiritildi.
✨NOMINEES: 2018/19 UEFA Men’s Player of the Year✨
— UEFA Champions League (@ChampionsLeague) 15 avgusta 2019 g.
⭐️ Leo Messi
⭐️ @Cristiano Ronaldo
⭐️ @VirgilvDijk
🗓️ #UEFAawards winners announced at the #UCLdraw, 29 August 🏆 pic.twitter.com/SLaIUWH62p
- Messi o‘tgan mavsumda ChLning eng yaxshi to‘pururari va «Oltin butsa» sohibi bo‘lib, futbolchi sifatida 10-marotaba La Liga chempioniga aylandi.
- Ronaldu Millatlar ligasidagi debyutni yutib, final bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, ilk marotaba «A» seriya chempionligini nishonladi.
- Van Deyk Chempionlar ligasi g‘olibi va finalning eng yaxshi o‘yinchisi, qolaversa, Millatlar ligasi va APL vitse-chempioni bo‘ldi.
UEFAning boshqa mukofotlariga nomzodlar nomi ham e’lon qilindi:
- Chempionlar ligasi eng yaxshi darvozaboni: Alison, Ugo Loris, Mark-Andre ter Stegen
- Chempionlar ligasi eng yaxshi himoyachisi: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Matteys de Ligt
- Chempionlar ligasi eng yaxshi yarimhimoyachisi: Frenki de Yong, Jordan Henderson, Kristian Eriksen
- Chempionlar ligasi eng yaxshi hujumchisi: Sadio Mane, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu
- Yevropa ligasi eng yaxshi o‘yinchisi: Eden Azar, Olive Jiru, Luka Yovich
- Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Amandin Anri, Lyusi Bronz, Ada Xegerberg
Barcha mukofot egalarining nomi 29-avgust kuni Monakoda — Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida aniq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter