Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uchta yangi «Gentra» bir haftada salondan chiqadi»

«Uchta yangi «Gentra» bir haftada salondan chiqadi»

Namangan shahrida yashovchi 39 yoshli shaxs juda katta va’da bilan ko‘p miqdordagi pulni «tuya qildi».

Jizzax viloyati, Forish tumani Anhor ko‘chasida istiqomat qiluvchi 37 yoshli T.Z. Jizzax shahar IIBga ariza bilan murojaat qildi.

Unda qayd etilishicha, 2022-yilning 22-noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi 39 yoshli N.U. uning ishonchiga kirib, unga o‘zini Toshkent va Namangan shaharlaridagi avtosalonlarda tanishlari borligini, ular orqali 1 hafta muddat ichida avtosalondan 3 dona yangi «Gentra» rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, buning uchun undan oldindan 40.000 AQSh dollari miqdorida pul kerakligini aytib, aldov bilan ushbu pullarini undan oladi. So‘ng bergan va’dasini bajarmay, pullarini ham qaytarib bermaydi.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring