«Uch, uchdan keyin puch». Bugun nimadir o‘zgarishi kerak
BAAda davom etayotgan Osiyo Kubogi musobaqasida bugun, 21-yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi muhim o‘yin o‘tkazadi.
Ektor Kuper shogirdlari Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da, Al-Ayndagi «Xalifa bin Zayd» stadionida boshlanadi.
Bahsni qatarlik FIFA referisi Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. Uchrashuvda terma jamoamiz a’zolari oq, avstraliyaliklar esa sariq libosda harakat qiladilar. O‘yin «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final
«Xalifa bin Zayd» stadioni
Avstraliya – O‘zbekiston
Hakamlar: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim, Tolib Salim Al-Marri, Saud Ahmad Al-Maqaleh (Qatar)
Eslatib o‘tamiz, o‘zaro uchrashuvlar statistikada yaqqol ustunlik raqiblar tomonida. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya Osiyo konfederatsiyasi tarkibiga o‘tganidan buyon uch bor bahs olib borgan. Har uch uchrashuv ham avstraliyaliklar foydasiga hal bo‘lgan (6-0, 2-0, 1-0).
Uch urinish shunday zoye ketgan. Umid qilamizki, bugun Ektor Kuper shogirdlari ana shu qora an’anani yo‘qqa chiqarishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter