Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell» «Apex Insurance» sug‘urta kompaniyasi bilan memorandum imzoladi (foto)

«Ucell»  «Apex Insurance» sug‘urta kompaniyasi bilan memorandum imzoladi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Bugun «Ucell» aloqa kompaniyasi bosh ofisida «Apex Insurance» sug‘urta kompaniyasi  memorandum imzolash marosimi o‘tkazildi. 

Memorandumni tomonlardan «Ucell» bosh direktori vazifasini bajaruvchi Vladimir Kravchenko va «Apex Insurance» MChJ bosh direktori Timur Saidovlar imzoladi. 

Foto:«Xabar.uz»

Shuningdek, uyali aloqa xizmatlari va sug‘urtalash kabi sohalar rivojlanishining zamonaviy g‘oyalari haqida keng ko‘lamli fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. 

«Ucell» bosh direktori vazifasini bajaruvchi Vladimir Kravchenkoning aytishicha, kompaniya mamlakatdagi yirik aloqa operatori sifatida barcha uchun foydali bo‘lishga intilmoqda. Ayni vaqtda kompaniya mijozlari soni 7,5 milliondan oshib ketdi, internetdan foydalanish esa ikki baravarga ko‘paydi. 

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

«Apex Insurance» MChJ mamlakatimizdagi yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri sanalib, respublika bo‘ylab 42 ta filialida 115 kishi mehnat faoliyatini olib boradi. Kompaniya O‘zbekistonning sug‘urta taqdim etuvchi bozorida qayta sug‘urtalash faoliyatini olib boruvchi o‘nta sug‘urta kompaniyalar ro‘yxatiga kiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring