Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell qishni yaxshi kayfiyatda qarshi oldi (foto)

Ucell qishni yaxshi kayfiyatda qarshi oldi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatning ko‘plab tashkilotlarida bo‘lgani kabi Ucell kompaniyasida ham yirik bayramlar — Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navro‘z bayrami, Xalqaro xotin-qizlar kuni, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun keng nishonlanadi.

— Bizda boshqa sanalarni ham esda qolarli qilib nishonlash kabi yaxshi an’ana bor: masalan, yoz chillasining birinchi kuni yoki «Qishning birinchi kuni», — deydi Personalni boshqarish deportamenti direktori v. b. Maksim Domaxin. — Yakunlanayotgan 2020 yil hammamiz uchun ham oson kechmadi. Ammo qiyinchiliklarga qaramay, Ucell kompaniyasi biznesda yaxshi natijalarga erishdi. Biz uyali aloqa bozorida yetakchiga aylandik: Ucell abonentlari soni hozirda 8 million kishini tashkil qiladi. Shuning uchun biz kirib kelgan qishga nekbinlik bilan qaraymiz va o‘z abonentlarimizni yangi tariflar hamda xizmatlar bilan xursand qilishga tayyormiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring