Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Twitter norveg siyosatchilarini nigeriyaliklarga aylantirib qo‘ydi

Twitter norveg siyosatchilarini nigeriyaliklarga aylantirib qo‘ydi

Foto: Twitter

Twitter ijtimoiy tarmog‘i Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore hamda tashqi ishlar vaziri Anniken Hyuitfeldtlarning profillari, qolaversa, mamlakat tashqi ishlar vazirligini «Nigeriya hukumat tashkilotlari va amaldorlari» akkauntlari sifatida belgiladi.

Biroz o‘tib mamlakat TIV Twitterdan xatoni tuzatishni so‘radi.

«Garchi mamlakatlarimiz (Norvegiya va Nigeriya) o‘rtasida yaxshi ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatilgan, alifbeda yaqin qo‘shnichilik bo‘lsa-da, sizdan bizni Norvegiya sifatida belgilashingizni so‘raymiz», — deyiladi Norvegiya TIVning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring