Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmi oshirildi
![Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmi oshirildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3808464416.jpg)
Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi importining kunlik hajmi oshirildi.
Energetika vazirligining ma’lum qilishcha, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida «Turkmanenergo» korporatsiyasidan import amaliyotining sutkalik 17–18 mln kVt-soatdan 20–21 mln kVt-soatga oshirilgan.
Avvalroq esa energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev tabiiy gaz importi haqida ham to‘xtalgan va agar import hajmi oshirilsa, bu – elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga bevosita ijobiy ta’sir qilishini bildirgan edi.
«Agarda yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarib, iste’molchilar to‘liq ta’minlanadi. Aholi xonadonlaridagi gaz bosimi bilan bog‘liq muammolar ham yechiladi», – degan edi vazir o‘rinbosari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter