Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda yangi prezident saylanmoqda

Turkmanistonda yangi prezident saylanmoqda

Turkmanistonda bugun mamlakat prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov boshlandi.

Aslida amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning vakolati muddati 2024 yilgacha belgilangandi. Biroq u joriy yil fevral oyi o‘rtalarida «yoshlarga yo‘l ochib berish lozimli»gini ta’kidlab, saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Prezidentlik lavozimni egallash uchun 9 nomzod da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida amaldagi prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik vakolatini topshirgach, parlament yuqori palatasi rahbarligida qolishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring