Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda «Xizmat ko‘rsatgan it boquvchi» faxriy unvoni ta’sis etildi

Turkmanistonda «Xizmat ko‘rsatgan it boquvchi» faxriy unvoni ta’sis etildi

Turkmaniston parlamenti tomonidan «Xizmat ko‘rsatgan it boquvchi» hamda «Xalq itboqari» faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihalari qabul qilindi. Bu haqda «Turkmenportal»ga «Rembler» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tegishli qonunlar Turkmaniston majlisi tomonidan navbatdagi yig‘ilishda qabul qilingan. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu faxriy unvonlarning ko‘rinishlarini shaxsan tasdiqlagan.

Turkmaniston parlamentining ta’kidlashicha, dunyoda tarixiy va madaniy merosni saqlash va ommalashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Turkman alabayi yoki bo‘ri iti Turkmanistonning milliy boyligi hisoblanadi. Rasmiy ruxsatsiz uni xorijga eksport qilish taqiqlangan.

Avvalroq Turkmanistonda Berdimuhamedov alabay iti sharafiga mamlakatda yangi bayram joriy etgani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring