Turkmanistonda jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklar ozodlikka chiqdi
Turkmaniston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 61 nafar O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda e’lon qilingan amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqarilib, yurtimizga qaytarildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ozod etilganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayollar bo‘lib, 1 nafardan Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan, 2 nafari Buxoro, 3 nafari Toshkent, 5 nafari Qashqadaryo, 25 nafari Xorazm viloyati va 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolardir.
Ular karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali Respublika hududiga kiritilib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash joyiga joylashtirildi.
Ular orasidan O‘zbekiston Respublikasi hududida qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxslarning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolar. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi — Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter