Turkmanistonda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgani aytilmoqda
Iyun oyida Turkmaniston maxsus xizmatlari qurolli to‘ntarishga urinishning oldini oldi va 20 nafar turkman fuqarosini qo‘lga oldi, deb yozadi Turkmen.news bir nechta manbalarga tayanib.
Qo‘lga olinganlar hibsda saqlanmoqda. Nashrning yozishicha, asosiy fitnachi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Payzigeldi Meredovning o‘g‘li Botir Meredov bo‘lgan. Nashr ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Axmet Xojatovning hibsga olingani haqida ham xabar bergan.
Manbalarga ko‘ra, qurolli fitna haqidagi ma’lumotlarni tarqatmaslik uchun mamlakatda internet to‘sib qo‘yilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter