Turkmaniston urush qatnashchilarini qay tarzda mukofotlamoqchi

Turkmanistonda g‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari hamda urushda halok bo‘lganlarning bevalariga 200 manat (637,5 ming so‘m atrofida) va qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi. Bu haqda Turkmanistonning «Vatan» axborot dasturida e’lon qilindi.
Tegishli farmon Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan imzolangan.
Farmonga ko‘ra, pul mukofotlari va sovg‘alar hokimliklar tomonidan tantanali ravishda Turmaniston prezidenti nomidan topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter