Turkmaniston o‘z tarixida birinchi marta olimpiya medalini qo‘lga kiritdi
Turkmanistonlik og‘ir atletikachi Polina Gureva Tokio olimpiadasida kumush medal sohibasi bo‘ldi.
Bu Turkmanistonning Olimpiya o‘yinlari tarixidagi ilk medalidir.
Gureva 59 kilogrammgacha vaznlilar toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish bo‘yicha umumiy 217 kg. (96+121) natija qayd etdi.
Oltin medal tayvanlik Kuo Sin-Chjunga nasib etdi — 236 kg. (103+133). Yaponiyalik Mikiko Andoda bronza medal — 214 kg. (94+120).
Tokio-2020 da Turmanistondan jami 9 nafar sportchi qatnashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter