Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston o‘z fuqarolarini Moskvadan evakuatsiya qilishga tayorlanyapti – OAV

Turkmaniston o‘z fuqarolarini Moskvadan evakuatsiya qilishga tayorlanyapti – OAV

Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududini, jumladan, Moskvani o‘qqa tutishi holati kuzatilayotgani munosabati bilan Turkmaniston hukumati o‘z fuqarolari – talabalar va mehnat muhojirlarini favqulodda evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda.

«Xronika Turkmenistana» nashrining yozishicha, Milliy xavfsizlik va Ichki ishlar vazirliklarining jami 25 nafar xodimidan iborat guruhi dengiz orqali 29 iyul kuni Ukraina tomoni o‘qqa tutgan Rossiyaning aholi yashash hududlaridagi turkmanistonliklarni vaqtincha o‘z vatanlariga yoki xavfsizroq hududlarga qaytarishni tashkil etish uchun Astraxanga yetib borishgan.

Vataniga qaytishni xohlovchilarni avtomashinada Astraxanga olib ketiladi.

Mudofaa vazirligiga turkman fuqarolarini Astraxandan Turkmanboshiga evakuatsiya qilish uchun ikkita kema tayyorlash topshirilgan. Turkmanboshidan esa ular doimiy yashash joyiga samolyot yoki poyezdda bepul yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Turkmaniston havo yo‘llari»ning Ashxobod-Moskva-Ashxobod yo‘nalishida parvozlarni amalga oshiruvchi barcha reyslari Moskva zonasidagi havo yo‘llarida kuzatilayotgan holat sabab to‘xtatilgani ma’lum qilingan edi.

Ayni paytda «Turkmaniston havo yo‘llari» sayti orqali Ashxoboddan Moskvaga chipta sotib olishning imkoni yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring