Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam qo‘ydi

Turkmaniston korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam qo‘ydi

Foto: «Tipstravels.com»

Turkmaniston hukumati korrupsiya jinoyatida jazoga hukm etilganlarga nisbatan amnistiya va afv etish aktlarini qo‘llamaslikka qaror qildi, deya xabar berdi «Neytralniy Turkmenistan» gazetasi.

Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamed Turkmaniston Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tegishli qonunni imzoladi.

Mazkur kodeksning 80-moddasida korrupsiya va giyohvand moddalar, psixotrop moddalar prekursorlarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish aktlari qo‘llanilmasligi qayd etib qo‘yildi.

Giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilarga nisbatan amnistiya va afv etish qo‘llanilishi 2015-yilda bekor qilingandi.

Mazkur qonun rasman chop etilgandan kundan boshlab kuchga kiradi.

Turkmanistonda afv etish aksiyalari davlat bayramlari va muhim sanalar sharafiga yiliga to‘rt-besh marta o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring