Turkmaniston yetakchisi Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter