Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada Gyulenga qarshi kurash doirasida 17,5 ming harbiy ishdan olingan

Turkiyada Gyulenga qarshi kurash doirasida 17,5 ming harbiy ishdan olingan

Foto: «News Front»

Turkiya Respublikasi mudofaa vazirligi vakili, polkovnik Tamer Zinjir matbuot anjumanida aytishicha, Fathulloh Gyulen terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash doirasida 17,5 ming nafar harbiy ishdan olingan. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

«Anadolu Ajansı» xabariga ko‘ra, polkovnik Tamer Zinjir quyidagilarni ma’lum qilgan: «Bu ish jarayonida 2016-yilning 16-iyulidan ayni paytgacha Turkiya qurolli kuchlari safidan Gyulen tarafdorlari sifatida gumon qilingan 17,5 ming kishi o‘chirilgan. Ulardan 6,5 ming nafariga nisabatan jinoiy va ma’muriy sud davom etmoqda. Favqulodda vaziyat bartaraf etilganidan beri qo‘lga olingan 2,5 ming nafar harbiydan 226 nafarining unvoni tiklangan».

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016-yil 15-iyulida davlat to‘ntarishiga harakat bo‘lib, oqibatda 300 nafargacha inson halok bo‘lgandi. Turkiya Qurolli Kuchlari tarkibiga kirib olgan FETÖ (Fathullohchi terror tashkiloti) a’zolari Istanbuldagi ikki asosiy ko‘prik, xalqaro aeroport va ichki ishlar boshqarmasi binosini qisqa muddatga bo‘lsa-da egallab olgandi. Turkiya Respublikasi tarixida ilk bor prezident devoni, hukumat va parlament binosi isyonchilar tomonidan bombardimon qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring